Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRda

Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRda nodavlat notijorat tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

1842163
Mevlut Chavusho‘g‘lu ShKTRda

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Shimoliy Kipr Turk Respublikasida (ShKTR) nodavlat notijorat tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu bilan ushbu tashkilot vakillarining uchrashuvi Girnedagi Oq uyda bo‘lib o‘tdi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat O‘nal va Turkiyaning Lefkoshadagi elchisi Ali Murat Bashcheri ham ishtirok etgan ushbu yig‘ilish matbuotga yopiq tarzda uyushtirildi.

Chavusho‘g‘lu mazkur uchrashuv haqida Twitter sahifasi orqali ma’lumot bo‘lishdi va unda:

“Kiprdagi Turk nodavlat notijorat tashkilotlari bilan uchrashdik. Biz kecha, bugun va har doim birgamiz! Birligimizni buzishga urinayotganlarga yo‘l qo‘ymaymiz!”-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, Lapta mintaqasi fuqarolari bilan ham uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu unda so‘zlagan nutqida, Kipr Turk xalqining Turkiya uchun alohida o‘ringa ega ekanini qayd etgan holda ShKTR va Kipr Turk xalqini hech qachon yolg‘iz qo‘ymaganliklari, bundan buyon ham yolg‘iz qo‘ymasliklarini ifoda etdi.

Chavusho‘g‘lu, Kiprda tashkil etilgan o‘yinlarni buza olishning ahamiyatiga ham e’tibor qaratgan holda Kiprning grek qismini nazarda tutib:

“Bundan buyon siyosiy tenglik emas, suveren tenglik bor. Boshqacha qilib aytganda, ikki davlat asosidagi yechimi. Yonma-yon yashaydigan ikki davlat o‘zaro har qanday hamkorlik qila olishi mumkun, bu tabiiy holdir. Kipr turklarining mustaqilligini hammaga qabul qildirishga harakat qilmoqdamiz”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar