Erdo‘g‘an yana prezidentlikka o'z nomzodini ko‘rsatishini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 2023 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Xalq ittifoqi (AKP va Millatchi Harakat partiyasi) nomzodi ekanligini ma’lum qildi.

1840706
Erdo‘g‘an yana prezidentlikka o'z nomzodini ko‘rsatishini aytdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 2023 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida yana o'z nomzodini ko‘rsatishini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) raisi bo‘lgan Erdo‘g‘an partiyasining Izmir viloyati maslahat kengashi yig‘ilishidagi nutqida prezidentlik va umumiy saylovlarning 2023-yil iyun oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Erdo'g’an prezidentlik saylovlarida Xalq ittifoqi (AKP va Millatchi Harakat partiyasi) nomzodi ekanligini ma’lum qildi.

Ta'kidlash joizki, Turkiyada Prezidentlik va parlament saylovlari 2023 yilning iyun oyiga belgilangan.

Xalq ittifoqi hukmron blokiga “Adolat va taraqqiyot” va “Millatchi Harakat” partiyasi kiradi. Ayni paytda muxolifat partiyalari hozircha o‘z nomzodlarini e'lon qilishmagan.

Bundan tashqari, oltita muxolifat partiya bloki muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilmoqda.

Amaldagi prezident 68 yoshli Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 2014 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar