Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, muloqot chog‘ida Ukraina-Rossiya urushining so‘nggi voqealari muhokama qilingan.

1835016
Erdo'g'an Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Аdministratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.

Bayonotga ko'ra, muloqot chog‘ida Ukraina-Rossiya urushining so‘nggi voqealari muhokama qilingan.

Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarni davom ettirish uchun barcha imkoniyatini ishga solganini eslatgan. U rasmiy Anqara bundan buyon ham bu jarayonda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga, jumladan vositachilik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.

Turkiya prezidenti shuningdek, Istanbulda Ukraina, Rossiya va BMT ishtirokida tashkil etish rejalashtirilayotgan Monitoring markazi faoliyatiga qo‘shilishni ijobiy baholashini tilga olgan.

Erdo'g'an ayni vaqtda, Ukraina qishloq xo'jaligi mahsulotlarini dengiz orqali eksport qilish uchun xavfsiz yo'lak tashkil etish loyihasiga alohida ahamiyat berishini ta'kidlagan.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar