Hulusi Akar BAA prezidenti Al Nahayon tomonidan qabul qilindi

Ma'lumotga ko'ra, uchrashuvda Turkiya va BAA munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

1835233
Hulusi Akar BAA prezidenti Al Nahayon tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti va Abu Dabi amiri Shayx Muhammad Bin Zoyad Al Nahayon tomonidan qabul qilindi.

Hulusi Akar shu kunlarda davlat tashrifi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib turibdi.

Kecha, tashrif doirasida poytaxt Abu Dabida BAA mudofaa vaziri Muhammad Bin Ahmad Al Bovardi bilan uchrashgan Hulusi Akar, so'ngra Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti va Abu Dabi amiri Shayx Muhammad Bin Zoyad Al Nahayon tomonidan qabul qilindi.

Hulusi Akar uchrashuv chog'ida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning salomini yetkazdi.

Ma'lumotga ko'ra, uchrashuvda Turkiya va BAA munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Hulusi Akar Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayonning vafoti munosabati bilan BAA hukumatiga hamdardlik bildirdi.

Shuningdek, uning o'rniga saylangan Shayx Muhammad Bin Zayed Al Nahayonni yangi lavozimi bilan tabrikladi. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar