Prezident Erdo‘g‘an bilan Shavkat Mirziyoyev bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi.

1821502
Prezident Erdo‘g‘an bilan Shavkat Mirziyoyev bir-birlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Kecha, 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra davlat rahbarlari butun musulmon olami uchun muqaddas ayyom – Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birini va birodar Turkiya-O‘zbekiston xalqlarini samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildilar.

Joriy yil mart oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda samarali natijalarga erishilgani, ular ikki tomonlama munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik  darajasiga ko‘tarishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

“O‘zaro delegatsiyalar tashriflari faol amalga oshirilmoqda. Yil boshidan ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 20 foizga oshdi. O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalari davom ettirilmoqda. Ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik kengaymoqda”.-deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar.

Prezidentlarning telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch va do‘stlik ruhida o‘tdi.

 



Aloqador xabarlar