"Panja-qulf" operatsiyasida turk askar halok bo'ldi

Iroq shimolida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan "Panja-qulf" operatsiyasida bir askar shahid bo'ldi.

1821024
"Panja-qulf" operatsiyasida turk askar halok bo'ldi

 

Iroq shimolida terror tashkiloti PKKga qarshi olib borilgan "Panja-qulf" operatsiyasida bir askar shahid bo'ldi.

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, 2022-yil 30-aprel kuni "Panja-qulf" operatsiyasi hududida terroristlar tomonidan o'rnatilgan qo'lda yasalgan portlovchi moddaning portlashi natijasida bir askar tan jarohati olgani ma'lum qilindi.

Ma'lumotga ko'ra, og'ir yaralangan askar zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlarning barcha urinishiga qaramay askarni qutqarib bo'lmagan va shahid bo'lgan.

Boshqa tomondan, Ichki ishlar vazirligi, "Eren Blokada-5" operatsiyasi doirasida Shirnakning Judi tog'i hududida terroristlar bilan to'qnashuvda bir askarning shahid bo'lgani, bir askarning esa tan jarohati olganini ma'lum qildi.

Vazirlik tomonidan qilingan yozma bayonotda, Shirnak Jandarm Mintaqa qo'mondonligi koordinatsiyasida Judi tog'i hududida olib borilgan amaliyotda terror tashkiloti a'zolari bilan to'qnashuvda 2 nafar terrorist yo'q qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar