Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

Tomonlar Ukrainadagi urush va muzokara jarayoniga oid masalalarni muhokama qilgan.

1817378
Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muloqot qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar berdi.

Tomonlar Ukrainadagi urush va muzokara jarayoniga oid masalalarni muhokama qilgan.

Turkiya prezidenti vaziyat kundan-kunga qayg‘uli bo‘lib borayotganini ta’kidlab, yaradorlar va tinch aholini Mariupoldan evakuatsiya qilishni ta’minlash zarurligini ta’kidlagan. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Ukrainaga Rossiya bilan muzokaralar jarayoniga, jumladan vositachilik sa’y-harakatlariga barcha zarur yordamlarni ko‘rsatishga tayyor.

Turkiya prezidenti Ukraina uchun xavfsizlik kafolati bo‘lish masalasiga ijobiy qarashini ta’kidlagan.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar