Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilar bilan iftorlik qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 13-aprel kuni Hakkari viloyatining Yuksekova tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar bilan muloqot qildi.

1812088
Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilar bilan iftorlik qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilar bilan iftorlik qildi.

Prezident kecha, 13-aprel kuni Hakkari viloyatining Yuksekova tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurib, harbiylar bilan muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

“Turkiya armiyasi dunyoning eng yaxshi armiyalaridan biri va millatimiz faxridir. Bu armiya Turkiyaning o‘sib borayotgan siyosiy va iqtisodiy qudrati bilan birgalikda davlatimizga kuch-quvvat bag‘ishlaydi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.

Prezident Erdo‘g‘an harbiy xizmatchilarni Ramazon oyi bilan tabriklagan va iftor qilish uchun ular bilan bir dasturxonga o‘tirgan.

Erdo‘g‘on o‘zining Twitter’dagi sahifasida "Bugun kechqurun Yuksekovadagi 3-piyoda diviziya qo'mondonligida turk harbiy xizmatchilari va Turk Qurolli Kuchlarining qadrli a'zolari bilan iftar dasturxonida edik. Alloh har bir askarimizdan rozi bo'lsin, har birini o'z panohida asrasin va ular har bir kurashda g'olib bo'lsin!",-deb yozdi.

Erdo‘g‘anga harbiy bo‘limda Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar hamrohlik qildi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar