Yashar Guler Estoniya Mudofaa kuchlari qo’mondoni Martin Herem bilan uchrashdi

General Gulerning rasmiy mehmoni sifatida poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan oliy martabali mehmon Bosh shtab qarorgohida harbiy marosim bilan kutib olindi.

1805524
Yashar Guler Estoniya Mudofaa kuchlari qo’mondoni Martin Herem bilan uchrashdi

 

Türkiye harbiy bosh shtab rahbari general Yashar Guler Estoniya Respublikasi Mudofaa kuchlari qo’mondoni general-leytenant Martin Herem bilan uchrashdi.

General Gulerning rasmiy mehmoni sifatida poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan oliy martabali mehmon Bosh shtab qarorgohida harbiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimdan so'ng Türkiye harbiy bosh shtab rahbari general Yashar Guler va Estoniya Respublikasi Mudofaa kuchlari qo’mondoni general-leytenant Martin Herem o'rtasida tor doiradagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv va muzokaralarda Türkiye va Estoniya o'rtasida harbiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, mintaqadagi so'nggi o'zgarishlar, jumladan Rossiya-Ukraina urushi yuzasidan fikr almashiladi.


Tanlangan kalimalar: #Estoniya , #Türkiye , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar