Mavlud Chavusho’g’li Ukraina va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi haqida ma'lum qildi

“Kiyev va Moskva muzokaralaridagi yanada murakkab mavzular Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvi belgilanadi”, - dedi u.

1805005
Mavlud Chavusho’g’li Ukraina va Rossiya TIV rahbarlari uchrashuvi haqida ma'lum qildi

 

Türkiye tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li yana bir yoki ikki hafta ichida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari uchrashuvi o’tkazilishi mumkinligini bildirdi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda xususiy telekanalga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Türkiye Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy o‘t ochishni to‘xtatish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmoqda.

Mavlud Chavusho’g’li avvalgi kuni Istanbulda bo’lib o’tgan muzokaralarning davomi sifatida tashqi ishlar vazirlari darajasida yig’ilish o’tkazilishi mumkinligini bildirdi.

“Kiyev va Moskva muzokaralaridagi yanada murakkab mavzular Ukraina va Rossiya tashqi ishlar vazirlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shundan so‘ng ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvi belgilanadi”, - dedi u.

Uning so’zlariga ko’ra, Türkiye kafil sifatida Ukrainadagi urushga qo’shiladi, Türkiye u yerga qo'shin yuboradi degan fikrlar umuman haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Vazir Chavusho’g’li Rossiya bilan Ukraina o’rtasida 24-fevralda boshlangan urushdan keyin Türkiyening Rossiyadan eksport qilgan tabiiy gazi 50 foizdan 40 foizgacha kamayganligini bildirdi.

"Butun dunyo tabiiy gaz ta'minotini izlamoqda. Qayta ishlab chiqariladigan energiya manbalariga murojaat qilish eng to’g’ri yo’l. Rossiyadan gaz ta'minotida hech qanday muammo yo'q. Biz vositachilik qilgan holda sanksiyalarda ishtirok etishimiz real bo'lmaydi, shuning uchun hamma bizni tushunib yetdi”,-dedi Türkiye TIV rahbari.

Eslatish joizki, 29 mart kuni Türkiyening Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Xabar qilinishicha, muzokaralar uch soat davom etgan. 

Isroil Bosh vaziri Naftali Bennettning may oyi o'rtalarida Türkiyega kelishini ma'lum qilgan Chavusho'g'li,

"O'rta yer dengizidagi tabiiy gazning Türkiye quvurlariga ulanishi va Yevropaga yetkazilishi muhim. Biroq, uni juda qisqa vaqt ichida almashtirish qiyin",-dedi.

Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Türkiye munosabatlariga to’xtalib,  "Türkiye mintaqaviy va dunyo tinchligi uchun o’ta muhim davlat. Yevropa xavfsizligiga eng ko'p hissa qo'shadigan davlat bizmiz. Yevropa Ittifoqi kerak bo'lganda yaqinlashadi, keyin esa undan uzoqlashishga harakat qiladi. Ko'p davlatlarga shunday qilishadi",- dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar