Prezident Erdo‘g‘an muzokara oldidan Rossiya-Ukraina hay’ati bilan uchrashadi

Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

1803287
Prezident Erdo‘g‘an muzokara oldidan Rossiya-Ukraina hay’ati bilan uchrashadi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun Istanbulda o‘tkaziladigan Rossiya-Ukraina hay’ati muzokaralari haqida:

“Muzokara oldidan biz ham hay’atlar bilan ko‘rishib, qisqacha uchrashuv oʻtkazamiz”,-dedi.

Erdo‘g‘an, Prezidentlik kulliyasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

Unda Rossiya-Ukraina urushiga to‘xtalgan Erdo‘g‘an, ikki davlat hay’atining bugungi Istanbuldagi uchrashuvini yodga solgan holda:

“Muzokara oldidan biz ham hay’atlar bilan ko‘rishib, qisqacha uchrashuv oʻtkazamiz”,-dedi.

Inqirozning kelishuv va muloqot yo‘li orqali hal qilinishi uchun eng ko‘p kuch-g‘ayrat sarf etgan davlatning Turkiya ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, Rossiya va Ukraina Davlat rahbarlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali yo‘lga qo‘ygan muloqatlarining ijobiy tusda ekanini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum uyushtirar ekan ikki tomon keyinroq bir necha marotaba muzokara o‘tkazgandi.



Aloqador xabarlar