Navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi
Ibrahim Kalinning qayd etishicha navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi.
1802858
![Navbatdagi Rossiya-Ukraina muzokarasi Istanbulda o‘tkaziladi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/69bb/5c1d/751a/60460502b67f1.jpg?time=1718987173)
Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi urushning imkon qadar tezroq tugashi uchun Turkiyaning o‘z tashabbus va sa'y-harakatlarini davom etishini bildirdi.
Kalin, Twitter sahifasida mavzu haqida bayonot berdi va unda:
“Rossiya-Ukraina muzokara hay’atining navbatdagi yig‘ilishi Istanbulda o‘tkaziladi. Muzokaralarning muvaffaqiyatga erishish va urushni imkon qadar tezroq tugatish uchun tashabbus va sa'y-harakatlarimiz davom etadi”.-dedi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi hujum uyushtirar ekan ikki tomon keyinroq bir necha marotaba muzokara o‘tkazgandi.