Turkiya Qrim ishgʻolining tan olinmasligini yana bir bor ta’kidladi

Ukrainadagi Qrim Avtonom Respublikasi 2014-yil 16-mart kuni, noqonuniy uyushtirilgan referendum orqali Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻshib olingandi.

1797064
Turkiya Qrim ishgʻolining tan olinmasligini yana bir bor ta’kidladi

Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda anneksiya qilinishining 8-yilligi munosabati bilan Turkiya, strategik sherigi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Ukrainadagi Qrim Avtonom Respublikasining 2014-yil 16-mart kuni, noqonuniy uyushtirilgan referendum orqali Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻshib olingani yodga solindi.

Xalqaro huquq talablariga ochiq-oydin javob bermagan bu harakatning, Turkiya va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagani ta’kidlangan bayonotda quyidagilar qayd etildi:

“Yarimorolning eng asosiy unsurlaridan biri boʻlgan Qrim-tatar turklarining hol-ahvoli bosh boʻlish bilan birga Qrimdagi vaziyatni yaqindan kuzatishni davom etamiz. Turkiya shu fursatdan foydalanib, strategik sherigi Ukrainaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor takrorlaydi”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qrim , #anneksiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar