Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Chankaya ko’shkidagi tushlik chog‘ida Erdo‘g‘an va Aliyev Rossiya-Ukraina urushini imkon qadar tezroq tugatish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. Taranglikning butun mintaqaga ta’siri yuzasidan fikr almashilgan.

1793649
Turkiya va Ozarbayjon prezidentlari Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, mamlakatga tashrif buyurgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.

Shuningdek, mintaqaviy masalalar jumladan, Rossiya-Ukraina urushidagi so’nggi vaziyatni ko’zdan kechirdi.

Prezident huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar departamenti yetakchilar uchrashuvi tafsilotlari haqida bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, o‘tgan haftalarda Turkiya prezidenti dunyoning 20dan ortiq mamlakati rahbarlari bilan Ukraina mavzusini muhokama qildi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan bo‘lgan uchrashuvda ham Ukraina mavzusi ustuvor bo‘ldi. 

Chankaya ko’shkidagi tushlik chog‘ida Erdo‘g‘an va Aliyev Rossiya-Ukraina urushini imkon qadar tezroq tugatish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. Taranglikning butun mintaqaga ta’siri yuzasidan fikr almashilgan. 

Bundan tashqari, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari qardoshlik va do’stlik asosida rivojlangan Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarini har sohada yanada mustahkamlash borasida qat’iyatli ekanligini ta’kidladilar.

Shusha deklaratsiyasida kelishilgan strategik hamkorlik doirasida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni chuqurlashtiradigan va ilgari suradigan qadamlarga baho berildi.

Zangezur yoʻlagi va Turkiya-Naxichevan tabiiy gaz quvuri loyihasi bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Yetakchilar shuningdek, Turkiya-Ozarbayjon hamkorligining Yevropa energiya xavfsizligiga qo’shgan hissasi haqida ham fikr almashdilar.

Uchrashuv har doimgidek, do’stona, samimiy va konstruktiv ruhda bo’lib o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Erdo'g'an , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar