Erdo‘g‘an rus talabalar va madaniyat arboblariga tazyiqlarni qoraladi

Bugun, 9-mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukrainadagi voqealar tufayli bir qator mamlakatlarda Rossiyadan kelgan talabalar va madaniyat arboblariga uyushtirilgan hujumlarni fashizmning ko‘rinishi deb atadi.

1792759

“Biz bir qator mamlakatlarda Rossiyadan kelgan talabalar va madaniyat arboblariga qarshi davom etayotgan hujumlarni hamda rus madaniyatini tanqid qilishni qoralaymiz. Biz bunday harakatlarni nomaqbul deb hisoblaymiz. Bu Ukraina xalqining qonuniy kurashiga hech qanday foyda keltirmaydigan fashizmning ko‘rinishidir”, degan Turkiya Prezidenti Anqaradagi chiqishi chog‘ida.

Erdo‘g‘an sodir bo‘layotgan voqealarni “jodugar ovi” bilan qiyoslagan.

Eslatma: Joriy yilning 6 mart kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Rossiya elchixonalari so‘nggi bir necha oy davomida tizimli hujumlarga uchraganini va deyarli blokadada yashayotganini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar va ayollar, xorijiy vakolatxonalar xodimlari va madaniyat hamda tarix sohasidagi faollar “g‘alati narsalar va tahdidlar solingan pochta konvertlarini” olishgan.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar