Turkiya Rossiya harbiy kemalari uchun ikki bo‘g‘ozini yopdi

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanali efirida ma’lum qildi.

1787265
Turkiya Rossiya harbiy kemalari uchun ikki bo‘g‘ozini yopdi

 

Turkiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini urush deb atadi. Shuningdek, Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari bo‘yicha Montryo konvensiyasining tegishli qoidalariga murojaat qiladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li CNN Turk telekanali efirida ma’lum qildi.

Chavusho‘g‘li Turkiya konventsiyaning 19-moddasiga qat’iy rioya qilishini ta’kidladi.

“19-modda juda aniq. Dastlab bu Rossiyaning hujumi edi, biz buni mutaxassislar, harbiylar va huquqshunoslar bilan baholadik. Endi bu urushga aylandi”, dedi Mavlud Chavusho‘g‘li.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya mojaro tomonlariga nisbatan Montryo konventsiyasi qoidalariga amal qiladi.

Konventsiyaning 19-moddasiga ko‘ra, urush paytida Turkiya urushayotgan davlat bo‘lmaganida, urushayotgan mamlakatlarning harbiy kemalari bo‘g‘ozlardan o‘tishi mumkin emas. Ushbu qoidadan bir nechta istisnolar mavjud, masalan, Turkiya o‘zaro yordam shartnomasi bo‘yicha hujum qurboni bo‘lgan davlatga yordam berishga majbur bo‘lsa.

Biroq, urushayotgan harbiy kemalar o‘zlarining asosiy langar portlariga qaytish uchun bo‘g‘ozlardan o‘tishi mumkin.



Aloqador xabarlar