Ukrainaning Anqaradagi elchixonasi Turkiyadan yordam so'radi

"Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi urush boshladi. Ukrainaning tinch shaharlari bombardimon qilinmoqda. Strategik hamkorimiz Turkiya va doʻst turk xalqini ushbu murakkab paytda bizni qoʻllab-quvvatlashini iltimos qilamiz!",-deydi Ukraina elchixonasi.

1784262
Ukrainaning Anqaradagi elchixonasi Turkiyadan yordam so'radi

 

Ukrainaning Turkiyadagi elchixonasi Turkiyadan yordam so'radi.

Elchixonaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida berilgan bayonotda quyidagilarga o'rin berilgan.

"Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarshi urush boshladi. Ukrainaning tinch shaharlari bombardimon qilinmoqda. Strategik hamkorimiz Turkiya va doʻst turk xalqini ushbu murakkab paytda bizni qoʻllab-quvvatlashini iltimos qilamiz!",-deyiladi bayonotda.

Rasmiy Kiyev ham Ukrainadagi vaziyat keskinlashgan taqdirda Turkiyadan Rossiya kemalari uchun Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlarini yopishni so‘radi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bondar ma'lum qilgan.

Vasiliy Bondarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kiyev uchun “katta xavf” tug‘dirmoqda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina “tomonlar o‘rtasida maslahatlashuv usullaridan tortib, mintaqadagi xavfsizlik tahdidlariga javob berishning umumiy mexanizmini yaratishgacha bo‘lgan qator tashabbuslarni” taklif qilgan.

Eslatish joizki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donbassda rus harbiylari maxsus harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

So'nggi ma'lumotga ko'ra, Rossiya harbiylarining tajovuskor hujumlari oqibatida Ukrainada 8 kishi halok bo'lgan, 9 kishining tan jarohati olgan.

Bu haqda Ukraina Ichki Ishlar Vazirligi bayonotida qayd etilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Turkiya

Aloqador xabarlar