Erdo‘g‘an: Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz
Prezident Erdo‘g‘an, Kongo Demokratik Respublikasi ortidan Afrika safarining ikkinchi bekati Senegalga bordi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an uchinchi ming yillikning Afrika davri bo‘lishini qayd etdi.
“Afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz”.-dedi.
Prezident Erdo‘g‘an, Kongo Demokratik Respublikasi ortidan Afrika safarining ikkinchi bekati Senegalga bordi.
Erdo‘g‘an Senegal poytaxti Dakarda, “Leopold Sedar Sengor” aeroportida Senegal Prezidenti Maki Sal tomonidan kutib olindi.
Dakarda Senegal-Turkiya biznes forumida qatnashgan Erdoʻgʻan u yerdagi nutqida:
“(Senegal bilan) 400 million dollarlik savdo hajmiga erishdik. Bundan buyon maqsadimiz 1 milliard dollar. Bu raqamga eng qisqa vaqt ichida erishishimizga ishonchim komil”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.
Yutuqqa erishish tamoyili asosida ayniqsa ishlab chiqarish boʻyicha rivojlantiriladigan hamkorlik yoʻllarining butun mintaqaga foyda olib kelishini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:
“Turkiya oʻziga xos muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirayotgan bir iqtisodiy va taraqqiyot modeliga ega. Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida sodir boʻlgan voqealar Turkiya iqtisodiyotining kuchini namoyon etdi, jarayonni muammosiz boshqardik”.-dedi.
“Muvaffaqiyatli yakunlangan «Afrikaga ochilish» siyosatimiz 2013-yili «Afrika bilan hamkorlik» siyosatiga aylandi. Bu yo‘nalishda afrikalik do‘stlarimiz bilan birgalikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqdamiz”.-degan ifodalarga oʻrin bergan Erdoʻgʻan soʻzlarini:
“Uchinchi ming yillik Afrika asri boʻladi degan tushuncha bilan tayyorgarliklarimizni kuchli tutishimiz lozim. Biz afrikalik birodarlarimizga kelajakni birgalikda bunyod etishni taklif qilyapmiz”.-degan soʻzlar bilan tamomladi.