Turkiya delegatsiyasi Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan qabul qilindi

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal kecha, 16-fevral kuni Falastinga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

1780051
Turkiya delegatsiyasi Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan qabul qilindi

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal kecha, 16-fevral kuni Falastinga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya delegatsiyasi Ramallahda Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos tomonidan qabul qilindi.

Turkiya-Falastin munosabatlarining bugungi holati muhokama qilingan uchrashuvda Turkiya ikki davlatli yechim doirasida Falastin xalqini qo’llab-quvvatlashda davom etishi qayd etildi.

Turkiya delegatsiyasi shuningdek, Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy bilan ham uchrashib, ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni muhokama qilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Turkiyaning Falastindagi Bosh konsuli Ahmet Riza Demirer ham ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin va Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sedat O’nal boshchiligidagi delegatsiya bugun, 17-fevral kuni Isroilga tashrif buyuradi.

Turkiya delegatsiyasi Isroil rasmiylari bilan uchrashib, mamlakat prezidenti Isxak Gersogning Turkiyaga tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi. Delegatsiyalararo siyosiy maslahatlashuvlar ham bo’lib o’tadi.

Avval xabar berilganidek, Isroil prezidenti Isxak Gersog 9-10 mart kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyaga keladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mahmud Abbos , #Falastin , #Turkiya

Aloqador xabarlar