Abu Dabida Turkiya va BAA sanoat va texnologiya vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Bin Ahmad Al Jobir bilan ikki mamlakat o'rtasidagi sanoat va texnologiya sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi.

1779616
Abu Dabida Turkiya va BAA sanoat va texnologiya vazirlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank Abu Dabida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Bin Ahmad Al Jobir bilan ikki mamlakat o'rtasidagi sanoat va texnologiya sohasidagi hamkorlik salohiyatini muhokama qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning BAAga ikki kunlik tashrifi doirasida BAA Sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri Sulton Bin Ahmad Al Jobir bilan uchrashib, ikki mamlakat o'rtasida sanoat, texnologiya va sarmoyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda Turkiya va BAA o'rtasida neft-kimyo, ishlab chiqarish sanoati va ilg'or texnologiyalar sohalarida amalga oshirishi mumkin bo'lgan hamkorlik va investitsiyalar bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi va Turkiyada yangi texnologiyalarni ishlab chiqish maqsadida yangi shartnoma imzolashga kelishib olindi. 

Shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasida fan va texnologiya sohasidagi hamkorlik bilan birgalikda qoʻshma tadqiqot loyihalari, tematik chaqiruvlar, texnologiyalar transferi, ilgʻor tajriba almashish va tadqiqotchilar almashinuvi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida Al Jobir boshchiligidagi delegatsiyaning investitsiya muhitini joyida o‘rganish maqsadida Turkiyaga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi. 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar