Turkiya shu kungacha Afg'onistonga 93 tonna insonparvarlik yordami yubordi

AFAD yetakchiligida Anqara vokzalidan jo'nab ketgan ikkinchi "mehr-muruvvat poyezdi" vositasida 73 tonna gumanitar yordam yetkazilishi ta'kidlandi. Ulardan 20 tonnasi oziq-ovqat, qishki kiyim-kechak va gigiyena ashyolaridan tashkil topgan.

1779561
Turkiya shu kungacha Afg'onistonga 93 tonna insonparvarlik yordami yubordi

 

Insoniyatni qadrlaydigan uyushmalar federatsiyasi (IDDEF) Afgʻonistonga joʻnab ketishga tayyorlanayotgan uchinchi "mehr-muruvvat poyezdi" vositasida mamlakatga yordam yetkazishda davom etmoqda.

Federatsiya tomonidan berilgan bayonotda, Afg'onistondagi muhtojlar uchun boshlangan favqulodda yordam kampaniyasi bilan shu kungacha jami 93 tonna insonparvarlik yordami mamlakatga yetkazilganligi qayd etildi.

Bayonotda, Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) yetakchiligida Anqara vokzalidan jo'nab ketgan ikkinchi "mehr-muruvvat poyezdi" vositasida 73 tonna gumanitar yordam yetkazilishi ta'kidlandi. Ulardan 20 tonnasi oziq-ovqat, qishki kiyim-kechak va gigiyena ashyolaridan iborat.

"Afg'onistonlik birodarlarimizga juma kuni yetkazib beriladigan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ko'rpa-to'shak, salomatlik va gigiyena vositalaridan iborat 921 tonna yordam mahsulotlarini olib ketayotgan 45 vagondan iborat ikkinchi "mehr-muruvvat poyezdi"ga 11 konteyner, yani 73 tonna 247 kilogramm yordam materiali bilan hissa qo'shdik",-deydi Federatsiya vakili.

Shuningdek, Insoniyatni qadrlaydigan uyushmalar federatsiyasi Afg'onistonda rejalashtirilgan rivojlanish loyihalarini ham qo'llab-quvvatlagani ta'kidlangan.

“Afgʻonistondagi guruhlarimizning Afgʻoniston hukumati bilan uchrashuvlaridan soʻng biz maktab va masjidlarni taʼmirlash, suv quduqlari va koʻpriklarni ta'mirlash kabi loyihalarni rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrdik, chunki Afgʻonistonda ochlik va qashshoqlik nihoyatda og'ir. Xayrsevarlarimizning ko‘magi bilan ularni yolg‘iz tashlab qo'ymaymiz”,-deb qo'shimcha qildi u.

IDDEF Istanbulda joylashgan islomiy va gumanitar yordam muassasasi boʻlib, butun dunyo boʻylab ta'lim va  insonparvarlik yordam tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash uchun turli sohalarda gumanitar yordam faoliyatini olib boradi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar