Turkiya bilan BAA oʻzaro munosabatlarini har sohada yana-da yuqori darajaga olib chiqishni xohlaydi

Prezident Erdoʻgʻan BAAga uyushtirgan tashrifi doirasida poytaxt Abu Dabida u yerdagi mahalliy ishbilarmonlar bilan investorlarga xitob etdi.

1779021
Turkiya bilan BAA oʻzaro munosabatlarini har sohada yana-da yuqori darajaga olib chiqishni xohlaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) bilan mushtarak maqsadlarining oʻzaro munosabatlarni har sohada yana-da yuqori darajaga olib chiqish ekanini qayd etdi.

Prezident Erdoʻgʻan BAAga uyushtirgan tashrifi doirasida poytaxt Abu Dabida u yerdagi mahalliy ishbilarmonlar bilan investorlarga xitob etdi.

Erdoʻgʻan unda:

“Aziz birodarim Shayx Muhammad bin Zoidning noyabr oyidagi tashrifi bilan Turkiya-BAA munosabatlarida yangi davrni boshlatdik. Tijorat aloqalarini rivojlantirish va sarmoyalarni oshirish boʻyicha kuchli mushtarak irodaga egamiz. Kecha uyushtirgan uchrashuvlarda ushbu oʻzaro tushunchani yana bir bor tasdiqladik. Chunki biz 13 shartnoma imzoladik. BAA Turkiyaning Fors koʻrfazi mintaqasidagi eng asosiy savdo sherigi hisoblanadi.

Endilikda umumiy maqsadimiz ikki tomonlama munosabatlarimizni har sohada yana-da yuqori bosqichlarga olib chiqishdir. Kecha sanoat va ilg‘or texnologiyalardan tortib, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va o‘zaro investitsiyalarga qadar keng tarmoqda qoʻl qoʻyilgan hujjatlar, bu maqsad yo‘lida birgalikda ishlash istagimizni yaqqol namoyon etdi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiya va BAAning iqtisodiy jihatdan bir-birini toʻldiruvchi davlatlar sifatida qisqa vaqt ichida sezilarli taraqqiyotga erishishiga ishonchi komil ekanini ifoda etgan Prezident,

“Quriqlik yoʻli, havo yoʻli, bank va moliya sohalari bosh boʻlish bilan birga har tarmoqda iqtisodiy aloqalarimizni mustahkamlash uchun biz ham zarur choralar ko‘ryapmiz”-dedi.

Turkiyaning 85 millionlik aholisi, ortib borayotgan sanoat ishlab chiqarishi, malakali bandlik salohiyati, jismoniy infratuzilmasi va geografik joylashuvi bilan ajralib turadigan davlat ekanini taʼkidlagan Erdoʻgʻan, yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi davrida sodir boʻlganlarning Turk iqtisodiyotining kuchi, mustahkamligi va oxirgi 20 yil ichida bosib oʻtgan masofasidan dalolat berishini bildirdi.

“Jahon iqtisodiyoti 3,4 foizga qisqargan 2020-yilda biz 1,8 foizlik oʻsish sur’atiga erishdik. Xuddi shu davrda G-20 tarkibidagi mamlakatlar orasida sanoat ishlab chiqarish boʻyicha eng yuqori oʻsish qayd etgan davlatlardan biriga aylandik”.degan Prezident:

“Oʻtgan yilni 33 foizlik oʻsish bilan 225 milliard dollardan ortiq rekord oʻrnatgan eksport va 500 milliard dollarga yaqinlashgan tashqi savdo hajmi bilan yakunladik. Umid qilamanki bu muvaffaqiyatni 2021-yildagi oʻsish koʻrsatkichlarida ikki barobarga orttiramiz”.-deya gapirdi.



Aloqador xabarlar