Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an BAAga safar qiladi

“Prezident Erdo'g'anning BAAga tashrifi 14-15 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Hozircha safar sanasida o‘zgarishlar yo‘q”, deyilgan ma'lumotda.

1777808
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an BAAga safar qiladi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an joriy yilning 14-15 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Turkiya prezidenti administratsiyasi ma'lum qilgan.  

“Prezident Erdo'g'anning BAAga tashrifi 14-15 fevral kunlariga mo‘ljallangan. Hozircha safar sanasida o‘zgarishlar yo‘q”, deyilgan ma'lumotda.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarga katta hissa qo'shadigan shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Prezident Erdo'g’an “EXPO 2020 Dubay” Jahon ko’rgazmasiga ham boradi va “Turkiya Milliy kuni” sifatida belgilangan 15 fevral kuni Turkiya ko’rgazma maydonini ziyorat qiladi.

Eslatma: Erdo‘g‘an joriy yilning 5 fevral kuni o‘zi va rafiqasi koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, 3 fevral kuni Turkiya rahbarining Kiyevga tashrifi chog‘ida unga hamrohlik qilgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham koronavirusga chalingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BAA , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar