Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Somalining Barave, Bosaso va Mogadishu shaharlarida 9 va 10 fevral kunlari sodir etilgan terroristik harakatlarda kamida 11 kishining hayotdan ko'z yumgani, 25 dan ortiq kishining jarohatlangani qayg'u bilan o'rganildi",-deyiladi TIV bayonotida.

1776732
Turkiya Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Somali poytaxti Mogadishu bilan Barave va Bosaso shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlarini keskin qoraladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida qayd etilgan.

"Somalining Barave, Bosaso va Mogadishu shaharlarida 9 va 10 fevral kunlari sodir etilgan terroristik harakatlarda kamida 11 kishining hayotdan ko'z yumgani, 25 dan ortiq kishining jarohatlangani qayg'u bilan o'rganildi",-deyiladi TIV bayonotida.

Bayonotda shuningdek, ushbu terror hujumlari keskin qoralangan, do'st va qardosh Somali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirilgan. Yaradorlarning tezda shifo topishiga tilak bildirilgan.

Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Somalining yonida bo'lishga davom etishi ta'kidlangan.

Eslatma: 9-10 fevral kunlari Somalining Barave, Bosaso va Mogadishu shaharlarida terrorchilik harakatlari sodir etildi. Hujumda 11 kishi halok bo'lgan, 25dan ortiq kishi jarohatlangan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Somali

Aloqador xabarlar