Xitoy prezidenti koronavirusga chalingan Erdo'g'anga shifo tiladi

“Rafiqam Ping Liyuen va shaxsan oʻz nomimdan sizga va turmush oʻrtogʻingiz Emine Xonimga samimiy tilaklarimizni bildiramiz va tezroq sogʻayib ketishingizni tilaymiz”, deyiladi maktubda.

1776358
Xitoy prezidenti koronavirusga chalingan Erdo'g'anga shifo tiladi

 

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, Xitoy davlat rahbari o‘z maktubida yaqinda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan Turkiya prezidenti va uning rafiqasiga tezroq tuzalib ketishini tilagan.

“Rafiqam Ping Liyuen va shaxsan oʻz nomimdan sizga va turmush oʻrtogʻingiz Emine Xonimga samimiy tilaklarimizni bildiramiz va tezroq sogʻayib ketishingizni tilaymiz”, deyiladi maktubda. 

Davlat rahbari shuningdek, Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirgan. 

Xitoy Turkiyaning epidemiyaga qarshi kurashini kuchli qo'llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlagan Si Szinpin, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini va Xitoy-Turkiya strategik hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish uchun Prezident Erdo'g'an bilan birga hamkorlik qilish istagini bildirdi. 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya , #Xitoy

Aloqador xabarlar