TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1775371
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

PKK terror tashkilotidan qochgan 5 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV), PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo terroristlarning Suriyaning shimolidan Mardindagi Akdo‘g‘an hudud politsiya markaziga qarshi uyushtirgan ig‘vogar tusdagi o‘q uzishlariga javob berilganini ma’lum qildi.

Vazirlik, javob tariqasida uzilgan o‘qlar natijasida PKK /YPG terror tashkilotiga a’zo kamida 4 terroristning yo‘q qilinganini ifoda etdi.

Boshqa amaliyotlardan birida esa “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududga qarshi hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan PKK/YPG tashkilotiga a’zo 1 terroristning ham yo‘q qilingani bildirildi.

MMV bayonotida, “Qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, terroristlar hujmiga samarali javob berishni davom etamiz”,-deyildi.



Aloqador xabarlar