Turkiya va Livan munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi

"Siz Turkiyani g‘arb va sharq o‘rtasida mustahkam ko‘prik vositasiga aylantirdingiz. Bizning munosabatlarimiz abadiy davom etadi”,-deb aytgan Livan Bosh vaziri Nejip Mikati Erdo'g'an janoblariga.

1772173
Turkiya va Livan munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi

 

Kecha, 1-fevral kuni Livan Bosh vaziri Nejip Mikati davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an oliy martabali mehmonni prezident saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Livan davlat madhiyalari yangradi.

Marosimda tarixda o'rnatilgan 16 Turk davlati ramzi bo’lgan bayroqlar va askarlar ham ishtirok etdi.

Prezident Erdo'g'an va Nejip Mikati faxriy qorovul oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar.

Ikki davlat delegatsiyalari taqdimotidan so’ng Erdo’g’an va Mikati tor doiradagi o’zaro uchrashuvni amalga oshirdi.

Uchrashuvdan soʻng ikki davlat delegatsiyalari ishtirokida Oliy darajadagi hamkorlik kengashi yigʻilishi, kelishuvlarni imzolash marosimi va qoʻshma matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Turkiya prezidenti Erdo’g’an: “Biz o’tmishda bo’lganidek, bugungi kunda ham, Livanning yonida bo‘lishda davom etamiz”,-dedi.

“Biz Livanga insonparvarlik va texnik yordamimizni davom ettirishga qaror qildik. Men janob Mikatiga kompaniyalarimiz Livandagi muhim infratuzilma loyihalarini, jumladan, Bayrut portini rekonstruksiya qilishni amalga oshirishga tayyor ekanini aytdim”,-deb qo’shimcha qilgan Turkiya prezidenti.

Livan bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi 1.8 mlrd dollarga yetganligini ma’lum qilgan Erdo’g’an: “Biz bu ko‘rsatkichni yanada oshirish yo‘lida qanday choralar ko‘rishimizni muhokama qildik. Biz qo’shma iqtisodiy komissiya yig’ilishimizni imkon qadar tezroq tashkil etishga kelishib oldik. Livandan import qilinadigan mahsulotlarni shu doirada diversifikatsiya qilishni maqsad qilyabmiz”,-dedi.

“Biz turizm sohasida yana ham yaqindan hamkorlikka tayyormiz. Turk Havo Yo'llari Livanga yana ham ko'proq xizmat ko'rsatish uchun Bayrutga amalga oshirgan barcha reyslarida chegirmalarni amalga oshirdi. THY may oyigacha davom etadigan shunga o'xshash faoliyatlar ustida ishlamoqda”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Livan Bosh vaziri Nejip Mikati ham o’z o’rnida, Turkiya hamisha Livanni qo’llab-quvvatlab kelganligini ta’kidlab, “Siyosiy, iqtisodiy turizm va boshqa barcha sohalarda kuchli qadamlar tashlashga qat’iymiz. Tijoriy hamkorligimiz tobora kuchayib bormoqda. Uchrashuvlarimiz davomida biz bir qator qo‘shma tadqiqotlar va ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qildik. Siz Turkiyani g‘arb va sharq o‘rtasida mustahkam ko‘prik vositasiga aylantirdingiz. Bizning munosabatlarimiz abadiy davom etadi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Nejip Mikati , #Livan , #Turkiya

Aloqador xabarlar