Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan Zelenskiyni imkon qadar tezroq uchrashtirishni xohlaydi

Prezident Erdo‘g‘an, rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Salvador Prezidenti Nayib Bukele bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

1765953
Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan Zelenskiyni imkon qadar tezroq uchrashtirishni xohlaydi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni imkon qadar tezroq yuzma-yuz uchrashtirish istagini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga kelgan Salvador Prezidenti Nayib Bukele bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdo‘g‘an unda:

“(Salvador bilan savdo hajmi) Biz bu koʻrsatkichni birinchi navbatda 100 million dollarga, keyingi besh yil ichida esa 500 million dollarga yetkazmoqchimiz”.-dedi.

Yig‘ilish yakunida matbuot vakillari savollariga javob bergan Erdo‘g‘an, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi savolga:

“Biz mintaqada tinchlik hukmron bo‘lishini istaymiz. Bundan boshqa salbiy tusda voqealar bo‘lmasin. Umidimiz janob Putin va Zelenskiyni imkon qadar tezroq yuzma-yuz uchrashtirish”.-deb javob berdi.

Prezident Erdo‘g‘an so‘zlari yakunida:

“Ham janob Putinning Turkiyaga tashrifi ham da mening Ukraina tashrifimga katta ahamiyat beryapmiz. Kelasi oy boshida Ukrainaga tashrif uyushtiraman. Putin bilan ham uchrashaman”.-degan ifodalarga orin berdi.



Aloqador xabarlar