Mavlud Chavusho’g’li Isroil tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, tomonlar suhbat chog'ida Isroil prezidentining Turkiyaga amalga oshirishi kutilayotgan tashrifi tafsilotlarini muhokama qilgan.

1766013
Mavlud Chavusho’g’li Isroil tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 20-yanvar kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, tomonlar suhbat chog'ida Isroil prezidentining Turkiyaga amalga oshirishi kutilayotgan tashrifi tafsilotlarini muhokama qilgan.

Diplomatik manbalar Isroil Prezidenti Isaak Herzogning Turkiyaga tashrif buyurish ehtimoli haqida ma'lum qilar ekan, Prezident Erdo'g'anning Isroil prezidenti bilan telefon orqali muloqotida "Sizni Turkiyada kutamiz" degan so'zlarini eslatdi.

Isroil prezidenti esa ushbu taklifga "Men ham kelishni xohlayman" deb javob bergani qayd etilgan.

Isroil prezidentining Turkiyaga tashrifi bilan bog'liq hozircha taqvim mavjud boʻlmasa-da, Turkiya va Isroil tomonida muzokaralar qizg'in davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Isroil , #Mavlud Chavusho’g’li

Aloqador xabarlar