Afrinda PKK tomonidan ochilgan 800 ta tunnel topildi

Suriyaning shimolidagi Afrin mintaqasidan PKK tomonidan ochilgan 800 ta tunnel topildi.

1765105
Afrinda PKK tomonidan ochilgan 800 ta tunnel topildi

PKK/YPG terror tashkilotining Suriyaning shimolidagi Afrin mintaqasidan chiqarilishi ortidan oʻtgan 4 yillik jarayonda, katta-kichik 800 ta tunnel topildi. Ulardan ba’zilarining katta ekani e’tiborlardan qochmadi.

Afrin mintaqasi 4 yil muqaddam Turk Qurolli kuchlari tomonidan uyushtirilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti orqali terrordan qutqarilgandi.

Mintaqada bugungacha terroristlar tomonidan ochilgan 800 ta tunnel topildi.

Turkiya Milliy teleradikompaniyasining “TRT Haber” telekanali togʻli hududlarda labirint kabi qazilgan terror tunnellarini tasvirga oldi.

Afrin ostida deyarli yer osti shahri qurgan terroristlar tomonidan ochilgan tunnellarning ba’zilarining, katta transportlar ham ichiga kira oladigandek keng ekani aniqlandi.

Qariyb 300 kilometrni tashkil etgan va koʻpchiligi labirint shaklidagi 800 tunnelda qoʻllanilgan qolib beton va tsementlar esa Frantsiyaning “Lafarge” sement kompaniyasiga tegishli.

Terroristlar bu tunnellardan ham omborxona, ham boshpana ham da hujum qilish uchun foydalangan.

 “Tinchlik bulogʻi” va “Zaytun novdasi” hududlaridan bugungacha terror tashkiloti tomonidan qurilgan 2 ming 200 ta tunnel topilgan boʻlsa ulardan eng uzuni 600 kilometr.

Bugungacha topilgan tunnellardan 1 ming 400 tasi “Tinchlik bulog‘i” hududidan, 800 tasi esa  Afrinda oʻrtaga chiqdi.



Aloqador xabarlar