Mavlud Chavusho’g’li Efiopiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya va Efiopiya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

1758851
Mavlud Chavusho’g’li Efiopiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Efiopiya tashqi ishlar vaziri Demeke Mekonnen bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, suhbat chog’ida Turkiya va Efiopiya o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Eslatish joizki, Efiopiyada isyonchi Tigray Xalq Ozodlik kuchlari 2020-yil oxirida markaziy hukumatga qarshi qoʻzgʻolon boshladi. Natijada mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi.

Armiya va isyonchilar o'rtasidagi to'qnashuvlar tufayli yuz minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur bo'ldi va minglab tinch aholi vakillari hayotdan ko'z yumdi.

Isyonchilar poytaxt Addis-Ababaga yaqinlashganda, Efiopiya armiyasi boshlagan havo operatsiyalari natijasida isyonchilar chekinishga majbur bo’lgandi.

Mavlud Chavusho’g’li bundan tashqari, Qatar Bosh vazir o’rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani va Angola Tashqi ishlar vaziri Tete Antonio bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot tafsilotlari haqida ma'lumot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Efiopiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar