Erdo‘g‘an Eren Bulbul va Ferhat Gedik hayotini aks ettiruvchi filmni tomosha qildi

Prezident Erdo‘g‘an kecha poytaxt Anqarada, shahid Eren Bulbul va Ferhat Gedik hayotini aks ettiruvchi filmni tomosha qildi.

1755219
Erdo‘g‘an Eren Bulbul va Ferhat Gedik hayotini aks ettiruvchi filmni tomosha qildi
erdoğan1.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning Trabzon viloyatiga qarashli Machka tumanida, 2017-yilning 11-avgusti kuni terroristlar bilan turk askarlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda shahid bo‘lgan Eren Bulbul va kichik ofitser Ferhat Gedik hayotini aks ettiruvchi filmning (Kesişme; İyi ki varsın Eren) galasida ishtirok etdi.  

Eren Bulbulning tug‘ilgan kuni 1-yanvar 2022-yil kino muxlislari e’tiboriga havola qilinishi rejalashtirilgan ushbu film galasi, poytaxt Anqarada joylashgan Beshtepe Xalq kongressi va madaniyati markazida bo‘lib o‘tdi.

Galaga esa Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Derya Yanik, Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu, Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK partiya) raisi o‘rinbosari Binali Yildirim, Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Fahrettin Altun, TRT Ijroiya qo‘mitasi raisi Ahmet Albayrak va TRT Bosh direktori Mehmet Zahid Sobaji bilan Anado‘lu agentligi Ijroiya qo‘mitasi rahbari va Bosh direktori Serdar Karag‘oz ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar