Akar: Armanistonga tinchlik qoʻli uzatildi

Hulusi Akar poytaxt Anqarada Kavkazdagi vaziyat haqida bayonot berdi.

1752035
Akar: Armanistonga tinchlik qoʻli uzatildi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar:

“Umid qilamizki, Armaniston Ozarbayjon uzatgan tinchlik qoʻlini oladi”.-dedi.

Hulusi Akar poytaxt Anqarada bergan bayonotida, butun Kavkaz mintaqasining tinchlik va farovonlikda yashashi muhimligiga e’tibor qaratgan holda:

“Bu masalani janob (Ilhom) Aliyev bilan janob Prezident (Rejep Tayyip Erdo‘g‘an) qayta-qayta ko‘tardi. Ular Armanistonga tinchlik qo‘lini cho‘zdilar. Umid qilamizki Armaniston buni zaiflik deb baholab, notoʻgʻri qadamga bormaydi va bu tinchlik qoʻlini oladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Akar shuningdek,

“Umid qilamizki, Armaniston Ozarbayjon uzatgan tinchlik qoʻlini oladi. Tez kunlarda mintaqada barqarorlik taʼminlanib, tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. U yerdagi xalqning xavfsiz va farovonlik ichida yashashi taʼminlanadi”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar