Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilmoqda

Bu haqda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank Koniya shahrida ikki davlat tadbirkorlarining forumida so‘zlagan nutqida ma'lum qilgan.

1750950
Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qilmoqda

 

Turkiya 1 yanvardan boshlab Tojikiston fuqarolari uchun viza cheklovlarini bekor qiladi.

Bu haqda Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank Koniya shahrida ikki davlat tadbirkorlarining forumida so‘zlagan nutqida ma'lum qilgan.

Turkiyaning "Yeni safak" nashri yozishicha, Turkiya hukumatining ushbu qarori ikki davlat o‘rtasida tarixiy va madaniy aloqalarni turli sohalarda, jumladan, ta’lim, taraqqiyot va turizm tarmoqlarida hamkorliklarni kengaytirish yo‘li bilan yanada chuqurlashtirishga qaratilgan.  
Turkiya sanoat vazirining umid bildirishicha, ikki tomonlama vizasiz rejimning joriy qilinishi tufayli o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 1 milliard dollargacha olib chiqish mumkin.

Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasida so‘nggi 10 oyda amalga oshirilgan tovar aylanmasi 326 million dollarni tashkil etgan.  

Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Bosh konsullik boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Tojikiston fuqarolari xorij pasporti bilan Turkiya hududida 30 kun vizasiz yurishi mumkin.

Tojikiston shu kungacha faqat beshta – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Shimoliy Koreya davlatlari bilan muddati belgilanmagan vizasiz rejimiga ega.


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar