Mavlud Chavusho’g’li Pokistonda Amir Xon Muttaki bilan uchrashdi

Uchrashuvda Afg’onistondagi mavjud vaziyat, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi masalalar muhokama qilindi.

1749825
Mavlud Chavusho’g’li Pokistonda Amir Xon Muttaki bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Pokistonda bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 17-favqulodda yig’ilishi doirasida Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Amir Xon Muttaki bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg’onistondagi mavjud vaziyat, ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati, ularni rivojlantirish istiqbollari, xususan, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasidagi masalalar muhokama qilindi.

Mavlud Chavusho’g’li uchrashuv tafsiloti haqida o’zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Islom hamkorlik tashkiloti yigʻilishi doirasida Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Amir Xon Muttaki bilan uchrashib, Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildik”,- dedi Mavlud Chavusho’g’li.



Aloqador xabarlar