Turkiya Italiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Bayonotda, "Ushbu fojiali voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini, do‘st Italiya hukumati va xalqiga hamdardligimizni bildiramiz”,- degan ifodalarga o'rin berilgan.

1746959
Turkiya Italiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Italiyaning Sitsiliya orolidagi tabiiy gaz portlashi oqibatida ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan Italiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotda, Sitsiliya orolining Ravanusa qishlog'ida sodir bo'lgan tabiiy gaz portlashi va vayronalar ostida qolganlarni qidirish-qutqarish ishlari tufayli ko'plab binoning qulagani qayg'u bilan o'rganildi.

Bayonotda, "Ushbu fojiali voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini, do‘st Italiya hukumati va xalqiga hamdardligimizni bildiramiz”,- degan ifodalarga o'rin berilgan.

Eslatish joizki, 11 dekabr kuni kechki payt Italiyaning Sitsiliya orolida 5 qavatli uyda gaz portlashi yuz berdi. Fojiada qurbonlar soni 7 kishiga yetgan. Qurbonlar orasida 9 oylik homilador ayol ham bo'lgan.

Taxminlarga ko‘ra, bunga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlash 2 ta qo‘shni binoga ham zarar yetkazgan.

Ayni vaqtda 12 kishi, jumladan 3 bola bedarak yo‘qolgan. Bedarak yo'qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. 

Portlashda 6 ga yaqin bino jiddiy zarar ko'rgan bo'lsa, 100 dan ortiq odam hududdan evakuatsiya qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar