Turkiya Malida BMT missiyasiga sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

Bayonotda, “Ushbu jirkanch terror harakatini qattiq qoralaymiz. Halok bo'lgan Togo Tinchlik Korpusi askarlarining oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz” degan ifodalarga o'rin berilgan.

1745598
Turkiya Malida BMT missiyasiga sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi

 

Turkiya Malida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ko'p o'lchovli integratsiyalashgan barqarorlashtirish missiyasi (MINUSMA) askarlarini olib ketayotgan vositaga qaratilgan terror hujumini keskin qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda, BMT konvoyiga uyushtirilgan terror hujumida 7 nafar Togo askari hayotdan ko'z yumgani qayg'u bilan qayd etildi.

Bayonotda, “Ushbu jirkanch terror harakatini qattiq qoralaymiz. Halok bo'lgan Togo Tinchlik Korpusi askarlarining oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz” degan ifodalarga o'rin berilgan.

BMT Missiyasi tomonidan berilgan bayonotda, missiyaning logistika karvonining mamlakatning ichki qismlarida Douentza va Severe o'rtasidagi minaga urilgani, voqeada 7 nafar BMT askari halok bo'lgani va dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 3 askarning og'ir yaralangani qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Mali , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar