Janubiy Kavkazda butunlay tinchlik oʻrnatilishi uchun ertaga yigʻilish oʻtkaziladi

Janubiy Kavkazda butunlay tinchlik oʻrnatilishi uchun ertaga mintaqaviy hamkorlik platformasining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

1745182
Janubiy Kavkazda butunlay tinchlik oʻrnatilishi uchun ertaga yigʻilish oʻtkaziladi

Janubiy Kavkazda butunlay tinchlik va barqarorlikni oʻrnatish uchun mintaqaviy hamkorlik platformasining birinchi yigʻilishi 10-dekabr kuni Rossiya poytaxti Moskvada uyushtiriladi. Yigʻilishda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari elchi Sedat Oʻnal boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan taklif qilingan Janubiy Kavkaz mintaqaviy hamkorlik platformasining birinchi yigʻilishi ertaga boʻlib oʻtadi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoq orqali berilgan bayonotda:

“Janubiy Kavkazda butunlay tinchlik va barqarorlik o‘rnatish uchun Hurmatli Prezidentimiz va Ozarbayjon Prezidenti Hurmatli Ilhom Aliyev tomonidan taklif etilgan 3+3 formatidagi mintaqaviy hamkorlik platformasining birinchi yig‘ilishi 2021-yil 10-dekabr kuni Moskva shahrida oʻtkaziladi”.-deyildi.

Bayonotda Ozarbayjon, Armaniston, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari ishtirok etadigan yigʻilishda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri va elchi Sedat Oʻnal yetakchiligidagi hay’atning qatnashishi bildirildi.



Aloqador xabarlar