Vertolyot halokatida shahid bergan Ozarbayjonni Turkiya yolg‘iz qo‘ymadi

Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatiga oid harbiy vertolyot, mahalliy vaqt bilan kecha soat 10:40 atrofida Xizi viloyatidagi Qorahaybat o‘quv-mashq maydonida halokatga uchradi. Oqibatida ozarbayjonlik 14 harbiy shahid bo‘ldi.

1741252
Vertolyot halokatida shahid bergan Ozarbayjonni Turkiya yolg‘iz qo‘ymadi

Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatlariga oid harbiy vertolyotning Xizi mintaqasida sodir bo‘lgan halokati oqibatida 14 nafar harbiy shahid bo‘ldi, 2 nafar askar esa tan jarohati oldi.

Ozarbayjon Davlat chegara xizmatlarining xabar berishicha, voqea mahalliy vaqt bilan kecha, 30-noyabr kuni soat 10:40 atrofida Qorahaybat o‘quv-mashq maydonida sodir bo‘lgan.

Rasmiylar voqea yuz bergan joyiga yo‘l olganida, vaziyat ustidan tergov ishlari boshlatilgan.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev vertolyot qulashi natijasida halok bo‘lgan askarlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Qayd etilgan voqea bilan bog‘liq Turkiya ham Ozarbayjonga ta’ziya izhor etdi.

Mavzu haqida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Ozarbayjonning Xizi tumanidagi Qorahaybat oʻquv-mashq maydonida parvoz qilgan vertolyotning qulagani, unda shahidlar va tan jarohati olganlar borligi haqidagi xabarning, chuqur qaygʻu bilan olingani ifoda etildi.

Bayonotda shahidlarga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilandi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shento‘p ham kecha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali hamdardlik bildirdi va unda:

“Bugun sodir bo‘lgan vertolyot halokatida shahid bo‘lgan ozarbayjonlik birodarlarimizga Olloh taolodan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo tilayman. Ozarbayjon xalqiga hamdardlik bildiraman”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Vitse-prezident Fuat O‘ktay ham kecha ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali:

“Bugun sodir boʻlgan harbiy vertolyot halokatida shahid boʻlgan ozarbayjonlik birodarlarimizga Ollohdan rahmat, tan jarohati olganlarning esa tez fursatda sogʻayib ketishini tilayman. Jon Ozarbayjon xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiraman”.-deyildi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu esa Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqat qilib, vertolyot halokatida shahid bo‘lgan askarlar uchun ta’ziya izhor etdi. Yaralangan askarlarga shifo tiladi.

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar ham Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov va Davlat chegara xizmati rahbari general Elchin Guliyev bilan telefon orqali muloqot qilib, hamdardlik bildirdi.

Muloqat chog‘ida Akar, Qorahaybatda qulagan Davlat chegara xizmatlariga oid vertolyotda shahid bo‘lganlarga Ollohdan rahmat, yaradorlarga esa shifo tiladi.

Hulusi Akar do‘st va qardosh Ozarbayjon xalqiga hamdardlik bildirib, shahidlarning oilalariga sabir tilaganini ifoda etdi.

Milliy Mudofaa vazirligining Twitter sahifasida berilgan bayonotda esa:

“Davlat chegara xizmatiga oid bir vertolyotning qulagani haqidagi xabarni terang qayg‘u bilan oldik. Bu dahshatli halokatda jon bergan shahidlarimizga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga shifo, butun ozarbayjonlik qardoshlarimizga hamdardlik va sabir tilaymiz”.-deyildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham ijtimoiy tarmoqdagi hisobidan:

“Bu dahshatli halokatda shahid bo‘lgan birodarlarimizga Ollohdan rahmat, yaradorlarga esa shifo tilayman. Bir millat, ikki davlatning boshi omon bo‘lsin”.-dedi.

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun ham o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday dedi:

“Ozarbayjon Davlat chegara xizmatlariga oid vertolyotning qulashi natijasida shahid bo‘lgan birodarlarimizga Ollohdan rahmat, yaradorlarimizga esa shifo tilayman. Ozarbayjonning dardi Turkiyaning dardi. Barcha ozarbayjonlik birodarlarimizga hamdardlik bildiraman”.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar