Faxriddin Altun Al Nahyonning Turkiyaga tashrifiga munosabat bildirdi

"Bu tashrif davlatimizning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini isbotlagan muhim tashrif bo‘ldi",-dedi Turkiya Prezidenti huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar bo'yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun.

1738491
Faxriddin Altun Al Nahyonning Turkiyaga tashrifiga munosabat bildirdi

 

Turkiya Prezidenti huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar bo'yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Ibn Zayed Al Nahyonning Turkiyaga tashrifiga munosabat bildirdi.

U Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanishda qat’iy ekanini ta'kidladi.

Altun Prezident Erdo'g'anning Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad Ibn Zayed Al Nahyon bilan uchrashuvi haqida ijtimoiy media tarmog'i orqali o'rtoqlashdi.

"Bu tashrif davlatimizning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini isbotlagan muhim tashrif bo‘ldi",-deya ta'kidlagan Altun, savdo, energetika va atrof-muhit sohalarida imzolangan ikki tomonlama kelishuvlar iqtisodiy aloqalarni yaxshilashga zamin yaratishini bildirdi.

"Turkiya har doim mintaqada barqarorlik va tinchlik uchun muhim kuch bo'lib qoladi. Xususiy kompaniyalar o'rtasidagi kelishuvlarga qo'shimcha ravishda birjalarimiz va port ma'muriyatlari o'rtasidagi investitsiya shartnomalari iqtisodiy profilimizni mustahkamlaydi. Kelgusi yillarda savdo aloqalarimizni rivojlantirish Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qiladi. Bu Turkiya-Ko'rfaz munosabatlarida mintaqaviy barqarorlik nuqtai nazaridan yangi davrning boshlanishi bo'lishiga ishonamiz",-dedi Faxriddin Altun.

 


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar