Erdo'g'an Turkmaniston Prezidenti Gurbangulu Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Turkiy Kengash Davlat rahbarlarining 8-sammiti bugun, 12-noyabr kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an mezbonligida o'z ishini boshladi.

1733248
Erdo'g'an Turkmaniston Prezidenti Gurbangulu Berdimuhamedov bilan uchrashdi

 

Turkiy Kengash Davlat rahbarlarining 8-sammiti bugun, 12-noyabr kuni Istanbulda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an mezbonligida o'z ishini boshladi.

Turkiy Kengash tomonidan berilgan yozma bayonotga ko‘ra, anjumanda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Kasım Comert Tokayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etmoqda.

“Raqamli asrda yashil texnologiyalar va aqlli shaharlar” mavzusida oʻtkaziladigan sammitda yetakchilar kun tartibidagi qizgʻin masalalarni muhokama qiladi va tashkilot kelajagi bilan bogʻliq qator muhim masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.

Prezident Erdo'g’an dastlab Sultonahmetda Turk Kengashi Kotibiyati Markaziy binosi ochilishi dasturiga qatnashdi.

Dasturga Erdo'g'andan tashqari Turkiy Kengashga a'zo davlatlar prezidentlari, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi o'rinbosari Binali Yildirim va mehmonlar ishtirok etdi.

Sammitda tashkilotning faoliyati va kelajagi, jumladan Turkiy Kengash nomini “Turkiy Davlatlar Tashkiloti”ga oʻzgartirish va kelgusi 20 yilga moʻljallangan Vizyon hujjatini qabul qilish kabi muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda. 

Raislik muddati Ozarbayjondan Turkiyaga o'tadigan sammitda barcha sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Erdo'g'an sammit doirasida Turkmaniston Prezidenti Gurbangulu Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Prezident Erdo'g’anning bugun sammitga qatnashadigan boshqa davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar