Turkiya Afg'oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya Afg'oniston poytaxti Kobulda shifoxonaning kirish qismida sodir etilgan va ko'plab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan hujumlarni qoraladi.

1728381
Turkiya Afg'oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Afg'oniston poytaxti Kobulda shifoxonaning kirish qismida sodir etilgan va ko'plab insonlarning hayotiga zomin bo'lgan hujumlarni qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotda, Kobuldagi Muhammad Dovudxon harbiy shifoxonasi kiraverishida sodir bo'lgan ikki bombali hujum va qurolli to'qnashuvda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganidan boxabar bo'lingani qayd etildi.

“Ushbu g‘ayriinsoniy terrorchilik harakatini qoralaymiz, halok bo‘lganlarni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Ularning yaqinlariga, afg‘on xalqiga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatish joizki, kecha 2 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda ikkita portlash sodir bo‘ldi. Dastlab shahardagi markaziy shifoxonada, keyinchalik esa shifoxona yaqinida bomba portlatilgan. Terrorchilik hujumi oqibatida hozirgacha 15 kishi halok bo‘ldi, 34 kishi jarohatlandi. 

Qayd etilishicha, noma’lum terrorchilar va “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. 

Afg‘oniston hokimiyatiga kelgan “Tolibon” tomonidan tayinlangan Axborot va madaniyat vazirining ikkinchi o‘rinbosari Bilol Karimiyning ma’lum qilishicha, birinchi portlash Muhammad Dovudxon nomidagi shifoxona binosiga kiraverishda, ikkinchisi esa uning yonida sodir bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar