Turkiya AQShga F-35 uchoqlari uchun bergan pulini har qanday yoʻl bilan oladi

Erdoʻgʻan Angola, Togo va Nigeriyaga boʻlgan tashrifini tamomlab yurtga qaytar chogʻida jurnalistlarga bayonot berdi va unda kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

1723019
Turkiya AQShga F-35 uchoqlari uchun bergan pulini har qanday yoʻl bilan oladi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan:

“(Amerika Qoʻshma Shtatlaridan) 1 milliard 400 ming dollarimizni har qanday yoʻl bilan olamiz”.-dedi.

Erdoʻgʻan Angola, Togo va Nigeriyaga boʻlgan tashrifini tamomlab yurtga qaytar chogʻida jurnalistlarga bayonot berdi va unda kun tartibi haqidagi savollarga javob berdi.

Prezident Erdoʻgʻan F-35lar haqida quyidagi ifodalarga oʻrin berdi:

“Bugungi kunda past darajada muzokaralar olib borilmoqda. Lekin biz bu 1 milliard 400 million dollarimizni har qanday yoʻl bilan olamiz. Rimdagi G-20 da (AQSh Davlat rahbari Jo) Bayden bilan gaplashamiz. Nima qilyapmiz, nimalar boʻladi degan savollarni beramiz. Turkiya haqlari yeyilishiga aslo yoʻl qoʻymaymiz”.

Prezident Erdoʻgʻan jurnalistlardan birining Suriyada amaliyot uyushtirilishi mumkinmi degan savoliga qarshi esa:

“Hozircha mintaqadagi jiddiy ma’nodagi nozik nuqtalarda amaliyotlarimiz davom etmoqda. Aslo boʻysunmoq yoʻq. Suriyadagi bu jarayonni davom ettiryapmiz. Shu ondan e’tiboran ham rejim qanday munosabatda boʻladi uni bilmayman lekin biz, ayniqsa Idlibda kerakli har qanday chorani koʻrish va barcha ogʻir qurollarimiz orqlai javob berishni davom etamiz. Bu ishni oʻz yoʻliga tashlab qoʻyolmaymiz.”-deb javob berdi.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdoʻgʻan , #AQSh , #F-35

Aloqador xabarlar