Hulusi Akar Varshavada Polsha mudofaa vaziri bilan uchrashdi

Polsha mudofaa vazirligi qarorgohida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

1720266
Hulusi Akar Varshavada Polsha mudofaa vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Polsha mudofaa vaziri Mariush Blaschak bilan uchrashdi.

Turkiya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu tashrif Polsha mudofaa vaziri Mariush Blaschakning taklifiga binoan amalga oshirilgan.

Hulusi Akar poytaxt Varshavada "Marshall Pilsudskiy" maydonidagi noma'lum askar yodgorligini ziyorat qildi. Yodgorlik poyiga gulchambar qo'ydi va hurmat bajo keltirdi. U shuningdek, xotira daftariga dil izxorini yozib imzo chekdi.

Polsha mudofaa vazirligi qarorgohida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o'tkazildi.

Marosimdan so'ng, Hulusi Akar va Blaschak o'zaro uchrashuv amalga oshirdi. So'ngra, hay'atlararo muzokaralarga raislik qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Polsha , #Turkiya

Aloqador xabarlar