Milliy Xavfsizlik kengashi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi

Milliy Xavfsizlik kengashi kecha poytaxt Anqarada Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi.

1713188
Milliy Xavfsizlik kengashi Prezident Erdo‘g‘an yetakchiligida yig‘ilish o‘tkazdi

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) Suriyada tinch aholini nishonga olgan va barqarorlikka ziyon yetkazgan harakatlarning, mintaqadagi muvozanatni buzib, muammoni butunlay hal qilishga to‘siqlik qilishini qayd etdi.

Kecha Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligida uyushtirilgan MXK yig‘ilishi ortidan yozma ravishda bayonot berildi.

Ushbu bayonotga ko‘ra yig‘ilishda, PKK/KJK-PYD/YPG, FETO va DEASh terror tashkilotlari bosh bo‘lish bilan birga milliy birlik va birdamlik bilan tinchlik uchun har qanday tahdid va xavflarga qarshi mamlakatda va chet elda qat’iyat, qarorlilik va muvaffaqiyatli ravishda ijro etilgan faoliyatlar haqida kengashga ma’lumot berilgan.

Suriya masalasida tarafdorlarning Suriya xalqining tinchlik, osoyishtalik va farovonligi uchun mas’uliyatlari ta’kidlangan yig‘ilishda tinch aholini nishonga olgan va barqarorlikka ziyon yetkazuvchi harakatlarning mintaqadagi muvozanatlarni buzib, muammoni butunlay hal qilishga to‘siqlik qilishiga e’tibor qaratilgan.

Turkiyaning Egey, Sharqiy O‘rta yer dengizi va Kipr muammolari bilan noqonuniy muhojirlar borasida yaxshi niyatli, konstruktiv, muammoni hal qilishga asoslangan takliflari va yondashuvlarining ko‘rmaslikka olinishining ham xalqaro huquq, ham tenglik, ham Yevropa ittifoqining uzoq muddatli manfaatlariga zid ekani qayd etilgan holda Gretsiya va Kiprning grek qismining bir tomonli harakatlari va dushmanlardek munosabatlarining qo‘llab-quvvatlanishining mintaqadagi nizolarni yana-da avj oldirishi ta’kidlangan.

Afg‘onistondagi oxirgi vaziyatlar ham baholangan yig‘ilishda, Turkiyaning do‘st va qardosh Afg‘oniston xalqining o‘z yurtlarida farovon va osoyishta hayot kechirishi uchun Kobul xalqaro aeroportining ishlatilishi doxil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishi bildirilgan; xalqaro hamjamiyat insoniy inqirozlarni hal qilish uchun birgalikda harakat qilish va samimiyat ila javobgarchilik olishga chaqirilgan.

Yig‘ilishda Turkiyaning Afrikada xavfsizlik va barqarorlikni o‘rnatib, taraqqiyoti uchun qilgan sa’y-harakatlariga hissa qo‘shishni davom etishi ifoda etilgan.

Yong‘inlar, suv toshqinlari, qurg‘oqchilik va shunga o‘xshash ko‘plab alomatlar bilan tobora yaqinlashib kelayotgani kuzatilgan iqlim o‘zgarishi tahdidiga qarshi global miqyosda birgalikda kurash rejalarini amalga oshirish zarurligi ham ta’kidlangan yig‘ilishda Turkiyaning har bir xalqaro masalada bo‘lgani kabi bu borada ham zimmasiga tushgan vazifani bajarishi bildirilgan.

 



Aloqador xabarlar