Turkiya PKKga qarshi kurash masalasida Iroq bilan aloqada

Hulusi Akar kecha Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

1711703
Turkiya PKKga qarshi kurash masalasida Iroq bilan aloqada

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar PKK terror tashkilotiga qarshi Iroq bilan birgalikda amaliyot uyushtirilishi mumkinligini qayd etgan holda:

“O‘rtoq markaz tashkil etish doxil Iroq Mudofaa vaziri bilan uchrashayapmiz”.-dedi.

Hulusi Akar kecha Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

Turkiyaning Iroq va Suriya bosh bo‘lish bilan birga barcha qo‘shnilari chegara xavfsizligi va mustaqillik haqlarini hurmat qilganini ifoda etgan Akar jurnalistlardan birining, “Terror tashkilotiga qarshi Iroq bilan birgalikda amaliyot uyushtirilishi mumkinmi va bu haqida qanaqadir muzokaralar bormi?”-degan savoliga qarshi:

“Ha, bor. Biz (Iroq) Mudofaa vaziri bilan gaplashyapmiz. Do‘stlarimiz maydonda hamkasblari bilan uchrashmoqda”.-deb javob berdi.

“Iroqdagi terroristlar xalqimiz boshiga balo bo‘ldi. Davlat sifatida (xalqimizni) bu balodan qutqarishda qarorimiz qat’iy. Yagona maqsadimiz terroristlar ekanini ochiq-oydin muzokaralarda yetkazdik”.-deya gapirgan Hulusi Akar:

“Birgalikda nimalar qila olamiz. O‘rtoq markaz tashkil etilishi doxil mana shularni qo‘lga olyapmiz”.-degan ma’lumotlar bo‘lishdi.

Suriya shimoliga qarshi oxirgi vaqtlarda avj olgan havo hujumlarini ham baholagan Mudofaa vaziri Hulusi Akar:

“Ular (ruslar) ana shu yerdagi terror guruhlariga qarshi hujum uyushtirganini aytmoqda lekin bu hujumlar natijasida o‘ldirilgan yoki qochganlar orasida terrorchilar yo‘q. Bir necha oydan beri shularni tushuntirishga harakat qilyapmiz. Biz Rossiya bilan kelishilgan shartlar asosiga amal qilyapmiz. Bu borada nima qilinishi kerak bo‘lsa hammasini bajarishga urinyapmiz. Shunday ekan ularning ham javobgarchiliklarini bajarishini kutyapmiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar