Mavlud Chavusho’g’li O'zbekiston TIV rahbari bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li va O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov suhbat chog’ida Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasida fikr almashdi.

1703763
Mavlud Chavusho’g’li O'zbekiston TIV rahbari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayaniy va O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tashqi siyosiy idoralar rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar rivojini muhokama qildi.

Mavlud Chavusho’g’li va O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov suhbat chog’ida Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda tinch siyosiy jarayonga ko‘maklashish borasida fikr almashdi. Har ikki tomonning bu yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishdan birday manfaatdor ekanligi maʼlum qilindi.



Aloqador xabarlar