Erdo’g’an Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrikladi

Prezident Erdog’an o’z tabrigida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

1700703
Erdo’g’an Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik bayrami munosabati bilan tabrikladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo’lladi.

Prezident Erdog’an o’z tabrigida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,

Aziz birodarim,

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami munosabati Siz, Janobi oliylarini va butun o‘zbek xalqini xalqim va shaxsan o‘z nomimdan eng samimiy tuyg‘ularim bilan tabriklayman.

Do‘st va qardosh O‘zbekiston Respublikasi Siz, Janobiy Oliylarining boshchiligida amalga oshirilgan islohotlarning ta’sirida farovonlik va barqarorligini oshirib, mintaqaning barqarorligi va tinchligiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Turkiya va turk xalqi O‘zbekistonning va o‘zbek birodarlarining bu sa’y-harakatlarida o’tmishda bo‘lganidek bugungi kunda ham, kelgusida ham yelkadosh bo‘lishda davom etadi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mustahkam qardoshlik rishtalariga asoslangan aloqalarimizni, shuningdek strategik sheriklikni qisqa vaqt ichida Siz, Janobiy Oliylari bilan birga misli ko‘rilmagan darajaga yuksaltirdik. Bu darajani saqlash uchun va yanada yuksaklarga ko‘tarish uchun kuchli iroda mavjud ekanligini ko‘rishdan juda mamnunman.

Shu fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga, sog‘lik-salomatlik va baxt, do‘st va qardosh o‘zbek xalqiga esa, farovonlik va omonlik tilayman”,-dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Shavkat Mirziyoyevga yo’llagan tabrigida.

 



Aloqador xabarlar