Afgʻonistondagi yana 200 nafar Turk fuqarosi yurtga olib kelindi

Tolibonning haftaning yakshanba kuni Kobulni egallab olishi ortidan Afgʻonistondagi Turk fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

1693915
Afgʻonistondagi yana 200 nafar Turk fuqarosi yurtga olib kelindi

Afgʻonistondagi yana 200 nafardan ortiq kishi Turk Havo yoʻllari (THY) uchoqlari orqali Turkiyaga olib kelindi.

Tolibonning haftaning yakshanba kuni Kobulni egallab olishi ortidan Afgʻonistondagi Turk fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Tashqi Ishlar vazirligi koordinatsiyasida uyushtirilgan evakuatsiya qatnovlari Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi aeroportdan Turk Havo yoʻllarining A400M rusumidagi uchogʻi orqali amalga oshirilmoqda.

Takror xavfsizlikning oʻrnatilishi ortidan kecha “Hamid Karzai” aeroportidan evakuatsiya qilingan yoʻlovchilar avvalom bor Pokistonning Islomobod aeroportiga olib borildi.

Ortidna esa 273 nafar yoʻlovchi Istanbuldan borgan THYga oid “TK6880” raqamli reysga yoʻnaltirildi.

Turkiyaga qarab yoʻl olgan THY uchogʻi bugun ertalab, Turkiya vaqti bilan soat 08:15 da Istanbul aeroportiga qoʻndi.

Olib kelingan yoʻlovchilar terminalda koronavirusga qarshi test qilindi.

Pasport protseduralarini tugatgan Turk yoʻlovchilari avval xabar qilingan manzillarda, chet elliklar esa mehmonxonalarda 10 kun karantinda boʻladilar.

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan kecha, xususiy telekanallar dasturidan biridagi jonli efirda, Afgʻonistondagi Turk fuqarolarining xavfsizligi va tinchligini ta’minlashning eng ustivor vazifa ekanini ta’kidlab, Afgʻonistondan bugungacha jami 552 nafar fuqaroning evakuatsiya qilinganini qayd etgandi.

 



Aloqador xabarlar