Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

Davlat rahbarlarining suhbatidan so‘ng, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rmon yong‘inlari tufayli Turkiyaga 11 ta aviatransport yuborishini ma’lum qildi. Bungacha Rossiya Turkiyadagi yong‘inlarga qarshi kurashga 3 ta samolyot yuborgandi.

1683568
Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

 

Kecha, 31 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toayyip Erdo‘g‘an va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, davlat rahbarlari Turkiyadagi yong‘inlar va ikki tomonlama aloqalarni muhokama qildi. Prezident Putin Rossiya yong‘inlarni o‘chirishda Turkiyaga yordam berishni davom ettirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bunga javoban Turkiya rahbari samimiy minnatdorlik bildirgan. 

Xabarga ko‘ra, tomonlar ushbu tabiiy ofatga qarshi kurashda ikki mamlakatning o‘zaro ta’siri muhimligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, ular Rossiya-Turkiya ko‘p qirrali hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilgan. Xususan, Prezidentlar bir kun oldin bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini ijobiy baholagan. 

“Savdo-iqtisodiy, energetika va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi birgalikdagi ishlarga o‘zaro munosabat bildirildi”, deyiladi ma'lumotda.
Qayd etish kerakki, davlat rahbarlarining suhbatidan so‘ng, Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rmon yong‘inlari tufayli Turkiyaga 11 ta aviatransport yuborishini ma’lum qildi. Bungacha Rossiya Turkiyadagi yong‘inlarga qarshi kurashga 3 ta samolyot yuborgandi. 
Eslatma: Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya hisoblanadi. To‘rt kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 180 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #o'rmon yong'inlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar